Buxorodagi bogʻchalarning birida tarbiyachi bolalarni kaltakladi

    Ijtimoiy hayot 1 Iyul 2025 972

    Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi 53-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisining bolalar bilan qoʻpol munosabatda boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat boʻyicha viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, ushbu holat Buxoro viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan tezkor oʻrganib chiqildi.

    Oʻrganish jarayonida videotasvirda aks etgan holat shu yilning 27-may kuni yuz berganligi aniqlanib, oʻz lavozim majburiyatlarini qoʻpol ravishda buzgan tarbiyachi M.A bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tashkilot direktorining 2025- yil 30-iyundagi 487-2-34-DMM/2025-sonli buyrugʻi asosida bekor qilindi.

    Ayni paytda maktabgacha taʼlim tashkilotida bunday holatni yuzaga keltirgan sabablar batafsil oʻrganilib, bu borada mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda, — deyiladi xabarda.