Qayd etilishicha, shu yilning 8-iyul soat 16:47 da Buxoro viloyati, Buxoro shahar “A.Gʻijduvoniy” MFY, B.Naqshband koʻchasidagi koʻp qavatli uyning yertoʻlasida yongʻin roʻy berganligi toʻgʻrisida FVBga xabar qilingan.
Kelib tushgan xabarga asosan 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 16:51 da voqea joyiga yetib borgan va yongʻin soat 17:03 da batamom oʻchirilgan.
Maʼlum boʻlishicha yertoʻlada taxminan 20 kv.m maydonda chiqindilar yongan.
Yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.









