Buxorodagi omborda yongʻin sodir boʻldi

    Buxoroda "Nigora" MCHJ tayyor mahsulotlari omborida yongʻin sodir boʻldi.

    Bu haqda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

    Shu yilning 15-iyul kuni soat 13:00larda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Buxoro shahar, Shayxul Olam MFY Qarshi darvoza koʻchasi 1-uyda joylashgan "Nigora" MCHJ tayyor mahsulotlar saqlash omborxonasida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushdi.

    Aniqlanishicha, yongʻin natijasida omborning ichki qismida tayyor mahsulotlar yongan.

    Murojaatga asosan viloyat FVB yongʻin qutqaruv qismi voqea joyiga zudlik bilan 11 ta yongʻin oʻchirish ekipaj, Buxoro viloyati Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism xodimlari, 10 ta suv tashish avtomobillari jalb qilindi.

    Yongʻin 13:02da yongʻin-qutqaruv ekipajlari tomonidan oʻrab olinib, 16:10 batamom oʻchirildi. Favqulodda vaziyatlar xodimlarining say harakatlari bilan omboring 8000 m. kv. maydoni saqlab qolindi.

    Hozirda Yongʻinning sababi va zarari aniqlanmoqda.

    Yongʻin oqibatida fuqarolarning tan jarohati va halok boʻlish holatlari qayd etilmadi.