Buxoro shahrining tarixiy qismida transport vositalarining harakatlanishi cheklanmoqda. Bu haqida ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, mazkur joylarga yoʻl harakat xavfsizlik boshqarmasi tomonidan ogohlantiruvchi yoʻl belgilari oʻrnatilmoqda. Endilikda mototsikl, skuter va boshqa avtotransportlarda harakatni taqiqlovchi yoʻl belgilari bor joyda harakatlanish maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.
Avtomobillarning mazkur hududda harakatlanishiga avtomobillarning qatnovi tarixiy merosga zarar yetkazishi, qolaversa, bu hududda harakatlanayotgan koʻplab sayyohlar va mahalliy aholi vakillariga xavf tugʻdirishi mumkinligi sabab qilib koʻrsatilgan.