Qayd etilishicha, shu yilning 12-fevral kuni soat tungi 22:00 larda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani “Guliston“ MFYdagi aholi xonadonida chaqnash sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, voqeaning taxminiy sababi, fuqaroning yashash uyida gaz sizib chiqib toʻplanishi hamda chiroqni yoqish oqibatida havo gaz aralashmasi chaqnashi sodir boʻlgan.
Voqea joyiga viloyat FVB va Gʻijduvon tuman IIB masʼul rahbarlari hamda 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yetib borgan.