баннер
2 Apr 2025
12:36

    Buxorodagi xonadonlarning biridan porox topildi

    Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabadaga qarshi kurashish boʻlimi hamda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasidagi tezkor reyd tadbirlari oʻtkazildi.

    Oldindan olingan maʼlumotlarga asoslangan tezkor guruh vakillari Kogon tumanida yashovchi fuqaroning xonadonini xolislar ishtirokida koʻzdan kechirishdi. Natijada, xonadondagi temir seyfda 203,3 gramm ogʻirlikdagi kukunsimon porox mavjudligi aniqlandi.

    Ayni paytda, ushbu portlovchi moddalar tegishli tartibda vaqtincha saqlovga olingan boʻlib, holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech