Buxorodagi xususiy bogʻchada 2 yashar bola tok urib vafot etdi

    Voqea-hodisalar 19 Iyun 2025 866

    Holat yuzasidan bogʻcha tarbiyachiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Qayd etilishicha, Buxoro tumanida joylashgan YATT Xolboyeva Oʻlmas Uzoq qiziga qarashli boʻlgan maktabgacha taʼlim tashkilotida 28.03.2025-yilda 2023-yilda tugʻilgan Sharipov Shaxram Shoxruxovich elektr toki urishi natijasida vafot etgan.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan 02.04.2025-yilda tuman prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 116-moddasi 3-qismi bilan qoʻzgʻatilgan.

    Jinoyat ishi yuzasidan oʻtkazilgan dastlabki tergovda mazkur nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi M.Djumayevaning vazifasiga yoshi va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kabi kasbiy majburiyatlar kirishi belgilangan boʻlsada, oʻz kasbiga nisbatan beparvo hamda oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi va oʻziga biriktirilgan guruhda tarbiyalanuvchilarni qarovsiz qoldirganligi aniqlandi hamda natijasiga koʻra mazkur jinoyat ishi 18.06.2025-yilda mazmunan koʻrishlik uchun sud muhokamasiga yuborildi.