Transport vazirligining xabar berishicha, Buxoro viloyatda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi “Progress mega trans” korxonasi joriy yilning yanvar oyida XXR “Zhongtong Bus Holding Co., Ltd.” kompaniyasi bilan 24 dona zamonaviy avtobuslar xarid qilish boʻyicha shartnoma imzolagan edi.
Birinchi bosqichda avtobuslardan 12 donasi shu yilning 27-may kuni Buxoro shahriga olib kelindi. Qolgan 12 ta avtobus iyun oyining yakuniga qadar yetib keladi.









