Buxoroga tadbirkorlik uchun qoʻshimcha 60 million dollar, infratuzilmaga 40 million dollar ajratiladi

    Tashrifdan keyin viloyatga 1,4 trillion soʻm ajratildi. Bugun Prezident tomonidan imzolangan qarorlarga muvofiq viloyatga tadbirkorlik uchun qoʻshimcha 60 million dollar, infratuzilmaga 40 million dollar ajratiladi.

    Kun tartibidagi asosiy masalalar – Buxoro viloyati misolida tadbirkorlarga koʻproq sharoit yaratish, har bir tumanni ixtisoslashtirish, energiyadan oqilona foydalanish, yashil manbalarni koʻpaytirish, tuman idoralarini samarali ishlashga oʻrgatish koʻrib chiqildi.

    Ikki oy oldin Buxoroga tashrifda hamma muammolar yechimi koʻrsatib berilgan edi. Tashrifdan keyin viloyatga 1,4 trillion soʻm ajratildi. Bugun Prezident tomonidan imzolangan qarorlarga muvofiq viloyatga tadbirkorlik uchun qoʻshimcha 60 million dollar, infratuzilmaga 40 million dollar ajratiladi.

    Viloyat hokimi, uni oʻrinbosarlari, tuman hokimlari shunga munosib ishlab, joylardagi tashkilotlar oldiga aniq vazifa, xodimlariga KPI belgilab, har kuni aniq natijaga ishlashi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

    Kelgusida har bitta tarmoq va viloyatdagi haqiqiy ahvol shunday tahlil qilinib, muhokama oʻtkazilishi belgilandi.