Hozirda viloyat aholisining jamoat transportidan foydalanish darajasi 19 % tashkil etib, aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.
Joriy yilda viloyatga 100 ta avtobus va mikroavtobus olib kelinishi rejalashtirilgan. Ayni damda transport vositalarining dastlabki 30 donasini olib kelish boʻyicha tegishli shartnomalar tuzilgan. Xususan, Shofirkon tumanida faoliyat koʻrsatuvchi “Oq yoʻl plus” MCHJ tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan King Long rusumli mikroavtobuslardan 6 tasi olib kelindi, yana 9 tasi olib kelinishi rejalashtirilgan.
Yangi mikroavtobuslar Shofirkon – Buxoro yoʻnalishidagi qatnovlarga biriktirildi.