Buxoro shahridagi 29-IDUMning 5-sinf o'quvchisi Sabrina Nurillaeva til bilish darajasini belgilovchi xalqaro IELTS imtihonida ishtirok etib, 7 ballni qo'lga kiritdi.
Bu natija bilan u xalqaro sertifikatga ega bo'lgan respublikadagi eng yosh o'quvchi sifatida e'tirof etildi. Sabrina erta til chiqargan. 2 yoshida yuzdan ziyod she'rlarni yod olgan.