Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Murojaatda aytilishicha, A.Oʻ. oilasida faqat onasi doimiy ishda ishlashi, otasi rasmiy ish bilan band emasligi, faqat vaqti-vaqti bilan mavsumiy ishlab, topgan puliga har kuni spirtli ichimlik ichishini, yarim kechasi uyga kelib janjal qilishini, oila aʼzolarini haqoratli soʻzlar bilan soʻkib, urgan.
Bolaga koʻra, otasi onasini oʻldirish bilan qoʻrqitib, akasini esa uydan haydab yuborgan. A.Oʻ. onasi maishiy zoʻravonlik tufayli himoya orderi olganligini, lekin otasi himoya orderi talablariga rioya qilmayotganligini bildirib, oʻzini, onasi va akasini otasining ruhiy va jismoniy zoʻravonligidan himoya qilishni soʻragan.
Bolalar ombudsmanining Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasiga yuborgan soʻrovi asosida voyaga yetmagan A.Oʻ. ning oilasi yashash sharoiti va bugungi kundagi ahvoli oʻrganildi.
Tekshiruv davomida murojaatdagi vajlar oʻz tasdigʻini topib, joriy yilning 14-avgust kuni A.Oʻ. ning onasi Gʻ.D. ga otasi Gʻ.N. tomonidan zoʻravonlik va tazyiq oʻtkazilishini oldini olish maqsadida berilgan himoya orderining talablariga rioya etish nazoratga olindi.
Jumladan, Gʻ.N. tuman sudi tomonidan MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi 1 qismi boʻyicha aybdor deb topilib, unga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shu bilan birga, A.Oʻ. ning otasi spirtli ichimlikka ruju qoʻyganligi yuzasidan sud qaroriga asosan majburiy davolanishga joylashtirish boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirildi. Maʼmuriy qamoq jazosini oʻtab chiqqanidan soʻng Gʻ.N. majburiy davolanishga joylashtirish choralari koʻriladi.