Mazkur hamkorlik doirasida ushbu maktabning bir guruh oʻquvchilari va oʻqituvchilari Sunchon milliy universitetining “Koreyashunoslik” loyihasida ishtirok etish uchun Koreya davlatiga joʻnab ketishdi.
Ayni paytda ular qishki taʼtilni loyiha doirasida olib borilayotgan qiziqarli mashgʻulotlar, unitilmas saboqlar va ajoyib sayohatlar bilan zavqli oʻtkazishmoqda.
Avvalroq, “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi gʻoliblari boʻlgan yunusobodlik oʻquvchilar Buyuk Britaniyaga sayohat qilib kelishgandi.