G'ijduvon tuman hokimi o'quvchi va o'qituvchilarni rag'batlantirish bo'yicha yangi tashabbuslarni ilgari suryapti.

Xususan, tuman hokimligi tomonidan yil davomida "5 tashabbus olimpiadasi doirasi", "Hokim olimpiadasi", "Bir oyda ikkita kitob o'qiyman" kabi ko'rik tanlovlarda yuqori o'rinlarni qo'lga kiritgan tumandagi 13-maktab direktori Doston Rustamov, 14-maktab direktori Hotam Hasanov, 17-maktab direktori Hokima Idievaning Dubay shahriga bepul sayohati tashkillashtirib berildi.

Maktab direktorlari 8 avgustdan 14 avgustgacha Dubay shahriga sayohat qilib, O'zbekistonga qaytdi.

Quvonarlisi, tuman hokimining ushbu tashabbusi tumandagi barcha maktab direktorlarini ruhlantirdi. Yangi o'quv yilida barcha xalq ta'limi xodimlari yanada shijoat va fidoiylik bilan samarali mehnat qilib, e'tirofga sazovor bo'lishni maqsad qildilar.

"O'qituvchi sha'nini naqadar ulug'larga ko'targaningiz uchun, bizga berilgan shu qadar e'tibor uchun minnatdorchilik bildiraman",-deydi Hokima Idieva.