Buxorolik shifokorlar Turkiyada malaka oshiradi

    Salomatlik 13 Fevral 2025 1155

    Turkiya davlatida boʻlib turgan Buxoro viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi E boshchiligidagi delegatsiya qardosh mamlakatning Sogʻliq bilimlari universiteti rektori Kemaliddin Aydin bilan uchrashib, ushbu yoʻnalishda navbatdagi keluvga erishdi.

    Qayd etilishicha, joriy yilda boshqarma maʼmuriyati hamda hududdagi davolash-profilaktika muassasalaridan 25 nafar rahbar tibbiy menejment boʻyicha 7 kunlik oʻquv dasturida qatnashadi. Shuningdek, 75 nafar mutaxassis bir oydan toʻqqiz oygacha Turkiyada malaka oshirish imkoniyatiga ega boʻladi.

    Viloyatning bir guruh yosh shifokorlari Sogʻliq bilimlari universitetiga oʻqishga yuboriladi. Shu asnoda Buxoroda transplantatsiya, kardioxirurgik, neyroxirurgik, onkogematologik, endokrinologik operatsiyalar va boshqa yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.