Buyuk ajdodlarimiz haqida yozilgan badiiy asarlar saralanadi

    Tanlovda Yоzuvchilar uyushmasi a'zolari bilan bir qatorda barcha ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.

    Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi din ishlari buyicha qoʻmita “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida islom dinining ilm-maʼrifat, maʼnaviy poklik, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va bunyodkorlikka chaqiruvchi gʻoyalarini xalqqa, ayniqsa, yoshlarga yetkazish maqsadida buyuk mutafakkir ajdodimiz, moturidiylik taʼlimoti asoschisi imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiylik taʼlimoti davomchilari sanalgan olimlar haqida badiiy asarlar yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi.

    Asarlar Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga ariza bilan taqdim etiladi.

    Taqdim etiladigan asarlar 2 nusxada (elektron varianti bilan), kompyuterda 1,5 interval, 14 shriftda koʻchirilgan boʻlishi zarur.

    Belgilangan tartib boʻyicha taqdim etilmagan asarlar koʻrib chiqilmaydi. Taqdim etilgan asarlar mualliflarga qaytarilmaydi.

    Taniqli ijodkorlardan iborat hakamlar hayʼati tanlovga taqdim etilgan asarlarni oʻqib, baholab boradi. Gʻolib deb topilgan asarlar Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi adabiy nashrlarda hamda “Ijod” jamoat fondi homiyligida kitob holida chop etiladi. Mualliflarga esa imtiyozli qalam haqi toʻlanadi.

    Tanlovga ijodiy ishlar 2021-yilning 15-sentyabriga qadar qabul qilinadi.

    Murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi, Adiblar xiyoboni. Telefon: (71) 231-83-67.

    Elektron manzil: badiiy_adabiyot@mail.ru