“Buyuk Amir Temur va Donna Mariya” fil`mi uchun videotanlov jarayonlari davom etmoqda

    Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinishi rejalashtirilgan “Buyuk Amir Temur va Donna Mariya” nomli tarixiy fil`m uchun aktyorlar o'rtasidagi video tanlov davom ettirilmoqda.

    Fil`m rejissyorlar Jahongir Qosimov va Yolqin To'ychiev boshchiligidagi ijodiy guruh tomonidan nafaqat O'zbekistonda, balki Turkiya, Ispaniya va Yaponiya kabi davlatlarda ham suratga olinadi.

    Fil`mda foydalaniladigan tarixiy liboslar «O'zbekfilm» kinokontserni davlat unitar korxonasining Kostyumlar fondidan tanlab olinmoqda. Fil`m qahramonlarning liboslari, nafaqat davrni aks ettiradi, balki his-tuyg'ularini ham namoyon etadi va xarakterlarini ochib beradi.

    Kinematografiya agentligi Axborot xizmati