To'qnashuv Sharqiy Yorkshir qirg'og'ida, Xall shahridan sharqda, mahalliy vaqt bilan soat 09:48 da sodir bo'ldi. Konteyner tashuvchi kema langarda turgan neft tankeriga urilib ketgan ko'rinadi.
Ikkita kemada yong'in sodir bo'ldi. To'qnashuv joyiga qutqaruv kemalari va vertolyot jo'natildi. To'qnashuvdan so'ng olingan surat va videolar internetda e'lon qilinmoqda. Tankerdan qora tutun ko'tarilmoqda.
Sky News xabariga ko'ra, tanker va konteyner tashuvchi kemaning to'qnashib ketishi oqibatida 32 kishi jabrlangan.
Voqea joyida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda, deb xabar beradi kaktus.media.