Ma'lumotlarga ko'ra, Bristolda 14, Kingston-apon-Xallda 20, Blekpul, Preston va Blekbernda 20 dan ortiq, Liverpulda 23, Stok-on-Trentda 10, Belfast va Lidsda 3 kishi hibsga olindi.
Buyuk Britaniyada o'ta o'ngchilarning norozilik namoyishlari Sautportda pichoq bilan uyushtirilgan hujumdan keyin avj ola boshladi. U yerda 29-iyul kuni yosh yigit bolalar uchun raqs va yoga darsi ishtirokchilariga pichoq bilan hujum qildi. Uch nafar bola halok bo'ldi, bir qancha bolalar va kamida ikki nafar katta yoshli odam og'ir ahvolda shifoxonaga yetkazildi. Politsiya 17 yoshli o'smirni qo'lga oldi. U uch kishini o'ldirish, yana o'n kishini o'ldirishga urinish va pichoqli qurol saqlashda ayblandi. Biroq politsiya hujumni terrorizmga aloqasi yo'qligini aytdi.
Shundan so'ng Sautport, London va boshqa shaharlarda ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib, politsiya bilan to'qnashuvlar va tartibsizliklarga aylandi, deb xabar beradi ria.ru.
Bunga gumonlanuvchining qochqin ekanligi haqidagi yolg'on ma'lumotlarning tarqatilishi sabab bo'ldi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, u ruandalik oiladan bo'lib, Uelsda tug'ilgan.
Politsiya tartibsizliklarni o'ta o'ng qanot harakati – “Angliya mudofaa ligasi” tarafdorlari uyushtirdi, deb hisoblamoqda.