Buyuk Britaniya va Irlandiyaga to'fon yopirildi

    “Debi” to'foni tufayli Buyuk Britaniya va Irlandiyada shamol tezligi soatiga 112 kilometrdan oshdi.

    Angliyaning shimoli-g'arbiy qismida shamol borasida ob-havo xavfining sariq darajasi saqlanib qolmoqda. Irlandiyada to'fon elektr ta'minotida uzilishlarga sabab bo'lib, 100 mingga yaqin uy va korxonalar elektr ta'minotisiz qoldi.

    Shimoliy Angliya va Shimoliy Uelsning katta qismi, shimoli-sharqiy Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyaning bir qismi uchun yog'ingarchilik xavfining sariq darajasi e'lon qilingan edi.

    14 noyabr seshanba kuni Angliya janubida momaqaldiroq yuz berib, kuchli yomg'ir yog'ishi transport vositalari harakati uchun xavfni yuzaga keltirishi mumkin, deb xabar beradi mail.ru.