Oʻgʻirlangan jonivor Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng katta quyon sifatida kirgan. Tanasining uzunligi 129 santimetrga yetadi.

Quyon oʻz egalari bilan Angliyaning Vustershir grafligida yashagan. Politsiya maʼlumotlariga koʻra, u yakshanba kuni kechqurun uyasidan oʻgʻirlab ketilgan.

Quyonning egasi Annett Edvards oʻgʻirlab ketuvchilardan jonivorni qaytarib berishini soʻradi va mukofot taklif qildi. Shuningdek, u quyon allaqachon nasl berish uchun keksalik qilishini taʼkidladi.