Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida nashrga tayyorlangan jurnalning ushbu sonida O‘zbekiston tarixi, madaniyati va zamnoviy taraqqiyotiga bag‘ishlangan turkum maqolalar o‘quvchilar eʼtiboriga havola qilingan.

 Xususan, «Navqiron O‘zbekiston 31 yoshda: barqaror taraqqiyot farovonlik yo‘lida» sarlavhali maqolada so‘nggi yillar davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida respublikada majburiy mehnatga qarshi kurashish, valyuta bozorishi liberallashtirish, taʼlim, savdo ravnaqi, mamlakatning xalqaro hamjamiyatdagi nufuzini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan dolzarb islohotlar va ularning salmoqli natijalari qalamga olingan.

Maxsus sonda, shuningdek, O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan olib borilgan pragmatik tashqi siyosati natijasida erishilgan muvaffaqiyatlar, ularning savdo-iqtisodiy aloqalar jadallashuviga bo‘lgan ijobiy taʼsiri alohida qayd etilgan.

Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteta rektori Gulchehra Rixsiyeva qalamiga mansub  «O‘zbeskistonda sharqshunoslik: tarix va zamonaviylik»  nomli maqola ham o‘quvchilar eʼtiboriga havola etilgan.

Unda sharqshunoslik yo‘nalishida olib borilayotgan tadqiqotlar va ularning natijalari batafsil yoritilgan. Xususan, O‘zbekistonda va MDH mamlakatlarida davlatchilik, dinshunoslik, xalqoro munosabatlar va umumiy tarixiy merosni avaylab asrash borasida amalga oshirilayotgan ishlar keng yoritildi. Maqolada O‘zbekistonda sharqshunoslik yo‘nalishining mustaqillikdan keyingi davrda rivojlanishi tarixi va uning “ustunlari” hisoblangan fan doktorlari va boshqa tadqiqotchilarning ilmiy ishlariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Maxsus sonda bosilib chiqqan va ingliz o‘quvchilarining eʼtiborini tortgan maqolalardan yana biri - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Mahkamovning «TATU: taʼlimda raqamli texnologiyalarning konvergensiyasi» sarlavhali maqolasidir. Unda muallif «O‘zbekistonda so‘nggi yillar davomida aynan axborot texnologiyalari sohasida IT klasterlar, IT bozorlar yaratildi va bu borada xalqaro moliya institutlari, “JAICA”, “KOICA” va boshqa xalqaro agentliklar bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatildi», deb yozadi.

Buyuk Britaniyaning «OSA Magazine» jurnalining O‘zbekistonga bag‘ishlangan ushbu sonida o‘zbek xalqining atoqli farzandi, buyuk davlat arbobi, yozuvchi  Sharof Rashidov hayot yo‘liga bag‘ishlangan maqola ham o‘rin olgan.

 Unda Sharof Rashidov rahbarlik qilgan davrda respublikamizda dunyoda yagona bo‘lgan radio-teleskop yaratilgani, ilm-fandagi erishilgan muvaffaqiyatlar, yangi shahar va tumanlar barpo etilgani singari atroflicha maʼlumotlar o‘z ifodasini topgan.