Buyuk Britaniyada samolyot halokatga uchradi

    Buyuk Britaniyaning Daksford shahridagi Imperial harbiy muzeyi aerodromida shaxsiy samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Telegraph xabar berdi.

    Manbaga ko'ra, halokat 26-mart kuni sodir bo'lgan. Taxminlarga ko'ra, samolyot halokati o'sha kuni muzeyga kelgan maktab o'quvchilari ko'z o'ngida yuz bergan.

    Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan, shunday bo'lsa-da favqulodda vaziyatdan keyin shifokorlar vayronalar yonida yotgan odamga sun'iy nafas bergani qayd etilgan.

    IWM Duxford Buyuk Britaniyaning eng yirik aviatsiya muzeyi bo'lib, unda uchish-qo'nish yo'laklari va yuzlab samolyotlar joylashgan ko'rgazma angarlari mavjud, deb xabar beradi tengritravel.kz.