Bu haqda Buyuk Britaniya Milliy politsiya boshliqlari kengashi (NPCC) ma'lum qildi.
“13-avgust holatiga ko'ra, 1024 kishi hibsga olindi va 575 ta ayblov qo'yildi”, deyiladi xabarda.
NPCC avvalroq tartibsizliklarga aloqadorlikda gumon qilingan odamlarni hibsga olish kelgusi oylarda ham davom etishi haqida ogohlantirgan edi.
To'polonlarga aylangan muhojirlarga qarshi namoyishlarga Sautportdagi fojia sabab bo'ldi. U yerda 29-iyul kuni 17 yoshli o'smir Aksel Rudakubana bolalar raqsi mahorat darsi ishtirokchilariga pichoq bilan hujum qildi. Uch nafar qiz halok bo'ldi, sakkiz bola va ikki nafar katta yoshli fuqaro jarohat oldi. Hujum qilgan shaxs qo'lga olindi. Rudakubananing ildizlari Ruandaga borib taqalishi ma'lum bo'ldi, uning oilasi o'z vatanlaridagi genotsid tufayli Buyuk Britaniyaga qochib ketgan, deb xabar beradi report.az.