Buyuk Britaniyadagi muzeydan 600 dan ortiq qimmatbaho buyumlar o'g'irlandi

    Buyuk Britaniyadagi muzey kolleksiyasidan 600 dan ortiq qimmatbaho buyumlar o'g'irlandi. Noma'lum o'g'rilar Buyuk Britaniya imperiyasi va Hamdo'stlik kolleksiyasi o'rin olgan Bristol muzeyi binosiga tunda bostirib kirishdi. Jinoyat haligacha ochilmagan.

    Mustamlaka davridan qolgan buyumlar o'g'irlangani ma'lum. O'g'rilar uy-ro'zg'or buyumlari, shaxsiy hujjatlar, esdalik sovg'alari va mustamlakalarda yashagan va ishlagan odamlarning fotosuratlarini o'g'irlashgan. Ular XIX asrning oxirlarida, Britaniya imperiyasi o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqqan paytdan hozirgi kungacha bo'lgan davrga oid.

    O'g'irlik 25-sentabr kuni sodir bo'lgan, ammo u endigina oshkor bo'ldi. Eyvon va Somerset politsiyasi jamoatchilikdan o'g'rilarni topishda yordam so'radi. To'rtta niqobli odam tasvirlangan videoyozuv e'lon qilindi. Politsiya jamoatchilikni videodagi odamlardan birini tanisa yoki yo'qolgan buyumlar internetda sotilayotganini ko'rsa, xabar qilishni so'radi, deb xabar berdi The Times.

    Bristol` shahar kengashi a'zosi Tom Renxard o'g'irlangan buyumlar tarixiy va madaniy ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi. Ularning yo'qolishi shahar uchun katta yo'qotishdir, deb xabar berdi mir24.tv.