Mutaxassislarning fikricha, bunday aql darajasi Albert Eynshteyn va Stiven Xokingning bo'lgan.
Sheffildlik (Saut-Yorkshir) 12 yoshli Sayrus Lyun pianino chalishni yaxshi ko'radi va kelajakda matematik bo'lishni rejalashtirmoqda. Uning otasi Frenk Lyun unga o'xshash qiziqishlarga ega do'stlar topish uchun Mensaga qo'shilishni maslahat bergan. Ota-onaning Daily Mail nashriga aytishicha, Sayrus sinovdan oldin juda xavotirga tushgan va hatto soatini uyda ham unutgan. Biroq, natijalar barcha kutganidan yuqori bo'ldi. Sayrus shunday yuqori ball to'plashga muvaffaq bo'lganidan juda faxrlanadi.
Mensa – yuqori intellektga ega odamlarning xalqaro tashkiloti. A'zo bo'lish uchun IQ testini aholining 98 foizidan yaxshiroq topshirish talab etiladi, deb xabar beradi mir24.tv.








