Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi afgʻon inqirozini tinch yoʻl bilan hal etish, shuningdek, mamlakatga tezkorlik bilan gumanitar yordam koʻrsatish boʻyicha munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Yuqori martabali diplomat Oʻzbekistonning Afgʻonistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik oʻrnatish, jumladan, ushbu mamlakatga iqtisodiy yordam koʻrsatishdagi muhim rolini alohida taʼkidladi.
Xususan, Britaniya tomoni Oʻzbekistonning Afgʻonistonga insonparvarlik yordamini yetkazish uchun BMT shafeligida Termiz shahrida koʻp funksiyali transport-logistika markazini yaratish tashabbusi muhimligi va dolzarbligini taʼkidladi.
Shuningdek, Afgʻonistondagi mavjud vaziyat, xalqaro hamjamiyatning yangi hukumatga nisbatan umumiy pozitsiyasini ishlab chiqish va ushbu davlatda gumanitar inqirozni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.