Mehmon qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Britaniya bozorida targʻib qilish sohasida konsalting xizmatlarini koʻrsatuvchi AKS Service Group faoliyati haqida maʼlumot berdi. Xususan, kompaniya Oʻzbekistondan Buyuk Britaniyaga gilos eksport qilish, shuningdek investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va kuzatib borish bilan shugʻullanadi. “Biz Oʻzbekiston bozoridagi ishtirokimizni kengaytirib, Toshkentda vakolatxona ochish va turli investitsion loyihalarda ishtirok etish niyatidamiz”, – deya taklif bildirdi janob Vais Kais.

Mehmonlarga tashrif uchun tashakkur bildirgan Sharof Rahmonov kompaniya rahbariyatining Oʻzbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirish borasidagi istagini qoʻllab-quvvatladi.

“Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish – barqaror biznes: pandemiya, inflyatsiya va boshqa qiyinchiliklarga qaramay, odamlar doimo yegulikka ehtiyoj sezadilar”, – deya taʼkidladi hokim oʻrinbosari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish, tashish va logistika xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha mahalliy hamkorlar bilan sheriklikni yoʻlga qoʻyish taklifini bildirdi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Hamkorlik yoʻnalishlarini tanlash uchun Sharof Rahmonov shahrimizda mavjud taklif hamda istiqbolli vazifalar roʻyxatini taqdim etdi: eskirgan infratuzilmani yangilash, Cushman & Wakefield kompaniyasining tavsiyalariga koʻra, shahar muhitini qayta tashkil etish, ijtimoiy tashabbuslar va boshqa loyihalarni amalga oshirish.

Taraflar hamkorlik yoʻnalishlariga oydinlik kiritish uchun aloqani davom ettirishga kelishib oldilar.