Buyuk Britaniyaning nufuzli universiteti o'zbekistonlik ekspertni eng muvaffaqiyatli bitiruvchilari safiga qo'shdi

    Dolzarb 18 Dekabr 2025 914

    Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim sohasidagi islohotlar natijasida ko'plab yoshlarimiz xorijiy nufuzli oliygohlarda tahsil olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

    Prezident Shavkat Mirziyoevning 2025-yil 14-fevralda xorijiy oliy ta'lim muassasalarida o'qiydigan yoshlar bilan uchrashuvida, o'qishni tamomlaganidan so'ng ularning Vatanga qaytib, yurtimiz taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilishi ta'kidlangan edi.

    Jumladan, Buyuk Britaniyaning nufuzli Nortgempton universiteti o'zbekistonlik tadbirkor Muxammadxon Solievni o'zining eng muvaffaqiyatli bitiruvchilari orasida e'tirof etdi. Muxammadxon 2017-yilda Nortgempton universitetini tamomlab, O'zbekistonda ta'lim va ijtimoiy tadbirkorlik sohasida faoliyat olib bormoqda. Uning boshchiligida 2021-yilda Evropadan 600 000 evro miqdorida investitsion grant olingan va mamlakatimiz ta'lim sohasida eksportni rivojlantirishga zamin yaratilgan.

    “Hozirda ko'plab O'zbekiston yoshlari dunyoning eng nufuzli oliygohlarida tahsil olishmoqda. Ular nafaqat o'sha mamlakatlarda, balki o'z Vatanimizda ham qolib, o'z bilim va tajribalarini qo'llagan holda faoliyat olib borishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Nortgempton universitetining meni o'zining eng muvaffaqiyatli bitiruvchilari sifatida e'tirof etishi — bu, albatta, mamlakatimiz yoshlari nimaga qodir ekanligiga berilgan ob'ektiv baho deb bilaman.”