Buyuk Sohibqiron Amir Temur – shonli va boy tariximiz koʻzgusi

    Toshkent Tibbiyot akademiyasida Buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686-yilligi munosabati bilan “Buyuk Sohibqiron Amir Temur – shonli va boy tariximiz koʻzgusi" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

    Tadbirdan maqsad, Amir Temur hayoti haqidagi tushunchalarni kengaytirish, Amir Temurning davlat tuzumi va uni boshqarishdagi mohiyati, kelajak avlodlarga qoldirgan merosi, tuzuklari haqida, milliy iftixor tuygʻusini shakllantirishdir.

    Tadbirni TTA rektori, professor A.K.Shadmanov ochib berdi. Tadbir davomida germaniyalik pedagog olim, janob Roman Valrix, Oʻzbekiston xalq artisti, Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri aktyori Tesha Moʻminov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri aktyori Hamid Toshpoʻlatov, Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri aktyori, Shuhrat medali sohibi Rasulxon Qodirxonovlar maʼruzalar va sheʼriy chiqishlari bilan ishtirok etdilar.

    Akademiya talaba-yoshlari tomonidan “Sohibqiron Amir Temur – faxrimiz, gʻururimiz” mavzusida Sohibqiron Amir Temur haqida sheʼrlar, sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Hamda oʻzbek milliy raqslari, “Bu Vatan barchamizniki” mavzusida qoʻshiq ijro etildi va tadbir soʻnggida Toshkent tibbiyot akademiyasining Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Jahongir Isroilov “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari boyicha falsafa doktori, dotsent Ruzaxon Melibayeva oʻz maʼruzalari bilan tadbirni yakunladi, deb xabar bermoqda Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati.