Buyuk Temur yoqutida kimlarning nomi bitilgan?

    Temur bu javohirni 1398-yilda Hindistonga qarshi harbiy yurish chogʻida qoʻlga kiritgan.

    Temur yoquti” aslida “shpinel” deb ataladigan yoqutga oʻxshagan maʼdan boʻlgan. Uning vazni 351 karatga teng.

    Ingliz qirolichasi Viktoriyaga sovgʻa qilingan aynan yoʻqolgan “Temur yoquti” ekanligini dastlab hech kim taxmin qilmagan. Biroq, turli hukmdorlar buyrugʻi bilan oʻyilgan tarixiy yozuvlar buni aniqlashga yordam berdi.

    Uning asl egasi Temuriylar saltanatining buyuk amiri (XIV-XV asr boshlari), turk-moʻgʻul xalqlarining isteʼdodli sarkardasi yengilmas Temur edi.

    Temur bu javohirni 1398-yilda Hindistonga qarshi harbiy yurish chogʻida qoʻlga kiritgan.

    “Yoqut”ning har bir egasi unda esdalik yozuvini qoldirgan. Ular orasida Amir Temurning nabirasi Ulugʻbek, Safaviylardan boʻlgan Shoh Abbos, Buyuk Moʻgʻullar avlodi imperator Jahongir, Toj Mahal saroyini qurishni buyurgan Shoh Jahon ham bor.