"Buzoqning yugurgani somonxonagacha"

    Kogon va Pop tumanlarida o'tkazilgan tezkor tadbirlar davomida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi.

    Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Б.Т. fuqaro М.S.нинг ishonchiga kirib, unga YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Shuningdek, Departamentning Pop tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham fuqaro I.S. fuqarolar Z.P. va S.M.нинг ishonchiga kirib, ularga tanishlari yordamida “В.С.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 700 AQSH dollari va 8,8 mln soʻm pul mablagʻlarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Hozirda, ikkala holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 moddasi (firibgarlik) va 28, 211 moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.