Xususan, 360 ta holatda ichimlik va oqova suv tizimlariga noqonuniy ulanish, 342 ta holatda ichimlik suv quduqlari ruxsatsiz qazilishi, 130 ta holatda suv hisobining yuritilmagani, 470 ta avariya holati hamda 35 ta oʻrnatilgan hisoblagichga shikast yetkazish va plombalar uzilishi holati kuzatilgan.
Shuningdek, jami 1 727 ta texnik shartlar oʻrganilib, 62 tasida qoidabuzarlik holatlari aniqlandi. 160 ta isteʼmolchiga 442,7 mln. soʻm qoʻshimcha toʻlov hamda 517 ta jami 808,6 mln. soʻmlik maʼmuriy jarimalar rasmiylashtirildi. 2022-yilning 1-iyun kuniga qadar 3 429 ta byudjet tashkilotida 650 turdagi kamchilik aniqlanib, mazkur holatlar boʻyicha 173 ta jami 287,2 mln. soʻm maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi.