Shu sababli, fevral oyida boʻlib oʻtadigan C1 daraja uchun ingliz tilidan test sinovi formati oʻzgarmoqda. Unda quyidagi oʻzgarishlar koʻzda tutilgan:
Tinglab tushunish boʻlimi 5 qismga ajratildi. Boʻlimga muqobil javobli test topshiriqlari bilan birgalikda moslashtirishni talab qiluvchi test topshiriqlari kiritildi.
Oʻqish boʻlimida beriladigan badiiy matnlar chiqarib tashlandi.
Leksik va grammatik kompetensiyalar boʻlimi 3 qismga ajratildi. Boʻlimga muqobil javobli test topshiriqlari bilan birgalikda moslashtirishni talab qiluvchi test topshiriqlari kiritildi.
Yozish boʻlimida topshiriqlar uchun belgilangan ballar nisbati oʻzgardi: 1-topshiriq uchun 10 ball, 2-topshiriq uchun 15 ball, 3-topshiriq uchun 5 ball tarzida qayta taqsimlandi.
Yangi test sinovi formati va test namunalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:
https://dtm.uz/page/test_sinov...
https://dtm.uz/page/test_namun...
Izoh: ushbu oʻzgarishlar mart oyidan boshlab oʻtkaziladigan test sinovlariga tatbiq etiladi.