Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi “CAFA NATIONS CUP” turnirining ikkinchi turida maydonga tushadi.

Raqib — Turkmaniston terma jamoasi. Uchrashuv soat 20:30 da “Bunyodkor” stadionida start oladi. 

Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes sogʻligʻi bilan yuzaga kelgan muammolar sababli “CAFA Nations Cup 2023” turnirining Turkmanistonga qarshi uchrashuvida qatnasha olmaydi. Uning oʻrniga terma jamoamizni yordamchi murabbiy Alesh Cheh boshqarib boradi. 

Eslatib oʻtamiz, terma jamoamiz birinchi turda Oʻmonga qarshi maydonga tushib, raqiblarini 3:0 hisobida taslim etgandi.