Saida Mirziyoyeva “Olamlar orasidagi nur“ nomli noyob xalqaro koʻrgazmaning ochilish marosimida qatnashdi

    Xalqaro hamkorlik 29 May 2025 741

    Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Rossiyaning “Yangi Quddus“ muzeyida “Olamlar orasidagi nur“ nomli noyob xalqaro koʻrgazmaning ochilish marosimida ishtirok etdi.

    Bu keng koʻlamli loyiha ilk bor mazkur muzey kolleksiyasi hamda Nukusdagi Igor Savitskiy nomidagi muzey toʻplamidagi durdonalarni bir joyda birlashtirdi.

    Koʻrgazmada rus avangardi ustalari — Nikritin, Shevchenko, Chekrigin, Romanovich, Sokolov, Falk va boshqalarning asarlari namoyish etilmoqda. Ushbu rassomlar uslub jihatdan turlicha boʻlsada, barchasini “yangi inson“ obrazini izlashga boʻlgan intilish birlashtiradi.

    Bunday tashabbuslar sanʼat, taʼlim, kreativ iqtisodiyot sohalarida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga va umumiy madaniy merosimizni asrashga xizmat qiladi, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva oʻzining Telegram kanalida.