Ahamiyatlisi, «Lujniki« majmuasi mezbonlik qiladigan ushbu boks oqshomida hamyurtimiz Saidjamshid Jafarov ham oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi. U rossiyalik Dmitriy Zaxarovga qarshi ringga koʻtariladi. 71 kg vazn toifasida tashkil etiladigan 6 raundlik jang IBA Pro European Champion kamari uchun kechadi.
Turnirning co-main event jangi ogʻir vazn toifasida oʻtkazilib, unda Bahodir Jalolovning sobiq raqibi belgiyalik Jek Mulovayi rossiyalik Artem Suslenkov bilan toʻqnash keladi. Mazkur 10 raundlik jang gʻolibi ham IBA Pro European Champion kamarini qoʻlga kiritadi.
Oqshomning markaziy jangi superogʻir vaznda rossiyalik Muslim Gadjimagomedov hamda Janubiy Afrika Respublikasi bokschisi Mchunu Tabiso oʻrtasida boʻlib oʻtadi. Oʻn raundlik jang gʻolibi IBF Europe kamariga ega chiqadi.
Maʼlumot uchun, Saidjamshid soʻnggi jangini oʻtgan yilning 30-noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tashkil etilgan RCC Boxing Promotions promouterlik kompaniyasi turnirida rossiyalik Gor Oganesyanga qarshi oʻtkazib, ochkolar hisobiga koʻra gʻalaba qozongandi. Bu havaskor boksda jahon chempionati sovrindori boʻlgan Saidjamshidning prof boksdagi debyut jangi boʻlgandi.