Mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostidagi festival doirasida 15-mart kuni Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Qoʻshrabot tumanida stol tennisi boʻyicha sport musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Musobaqada umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari hamda aholi vakillari, mahalla faollari qamrab olindi.
Ushbu ommaviy sport tadbirlari viloyatdagi tuman(shahar)lardagi barcha aholi oʻrtasida uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda.
“Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostidagi ommaviy sport festivali doirasida Samarqand viloyatida mart oyi stol tennisi oyligi deb eʼlon qilingan. Ushbu oylik doirasida viloyatning barcha tuman(shahar) larida stol tennisi musobaqalari boʻlib oʻtadi.