2020-yil 3-may soat 16:30 da Qumqo‘rg‘on tumani Arslonboyli mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K-596 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida 73 yoshli fuqaro «Captiva» rusumli avtoulovi bilan harakatlanib kelayotganida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan 34 yoshli fuqaroning boshqaruvidagi «T-28» rusumli traktor yo‘liga chiqib ketib yo‘l transport hodisasini sodir etgan.

Oqibatda «T-28» rusumli traktor yo‘lovchisi voyaga yetmagan 7-sinf o‘quvchisi 13 yoshli o‘spirin tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, 7 mayda shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti