Uchrashuvda Xitoyda xorijga sayohat boʻyicha yetakchi turoperatorlaridan biri hisoblangan “CCT” guruhi joriy yilda Oʻzbekistonga 50 mingta xitoylik sayyohlar yuborish rejasini maʼlum qildi. Ushbu koʻrsatgichlarga erishish uchun kerakli tadbirlar va olib boriladigan targʻibot ishlari belgilab olindi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun: 1984-yilda tashkil etilgan “CCT” turizm guruhining Xitoyda 300 ta filiali va 3000 dan ortiq sotuv ofislari mavjud. Yillik daromadi 1,5 milliard dollarni tashkil etadi.