CCTV: Xitoyning Gansu viloyatida suv toshqini oqibatida 10 kishi halok bo'ldi

    Xitoyning Gansu viloyatida kuchli yomg'ir yog'ishi tufayli yuz bergan suv toshqini oqibatida kamida 10 kishi halok bo'ldi, 33 kishi bedarak yo'qoldi, deb xabar berdi Xitoy markaziy televideniyesi.

    Hodisa viloyat markazi Lanchjouning janubida sodir bo'lgan. Uzoq davom etgan yomg'irdan keyin yaqin atrofdagi tog'lardan suv toshdi.

    Xitoy rahbari Si Szinpin bedarak yo'qolganlarni qidirish va qutqarish, xavf ostida bo'lgan fuqarolarni evakuatsiya qilish, odam bilan bog'liq talofatlarni minimallashtirish, hududda aloqa va transport aloqalarini tezda tiklash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni buyurdi.

    Shaharda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi tashkil etildi.

    Xitoyning ko'plab mintaqalarida yoz mavsumida kuchli yomg'ir yog'di, suv toshqini, sel va ko'chkilar sodir bo'ldi. Iyul oyi oxirida Pekin chekkasida kuchli yog'ingarchilik oqibatida 44 kishi halok bo'ldi, 9 kishi hamon bedarak yo'qoldi, deb xabar berdi tass.ru.