Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Termiz shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.M. fuqaro S.J.ga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “CEFR” chet tillarini bilish sertifikatini olib berish evaziga 2 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.