Raqobat qo‘mitasi mazkur holatni nazoratga olganini ma’lum qildi.
Reys kechikishi vaqtida yo‘lovchilarga zarur axborot va tegishli xizmatlar ko‘rsatilgani, shuningdek, iste’molchilar huquqlari ta’minlangani yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
O‘rganish natijasida qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda, Qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida tegishli ta’sir choralarini qo‘llaydi.
Fuqarolar aviatashuv xizmatlarida iste’molchilar huquqlariga rioya etilmasligi holatlari yuzasidan Raqobat qo‘mitasining 1159 yagona ishonch raqamiga murojaat qilishlari mumkin.
O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Ma’lumot o‘rnida, Raqobat qo‘mitasiga bugungi kungacha «Centrum Air» va boshqa aviakompaniyalar xizmatlaridan norozilik bo‘yicha 270 dan ortiq murojaat kelib tushgan.
Shuningdek, amaldagi qoidalarga aviakompaniya aybi bilan parvozlar belgilangan jadvaldan kechiktirib amalga oshirilgan yoki yo‘lovchilar belgilangan manzilga kechiktirib yetkazilgan holatlarda ularga pullik kompensatsiya to‘lash tartibini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Transport vazirligiga bir nechta ko‘rsatma berilgan.
Ayni paytda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish ishlari davom ettirilmoqda.