Chadda o'q-dorilar omborida sodir bo'lgan portlashlar oqibatida 9 kishi halok bo'ldi

    Chad poytaxti Ndjamena shahridagi o'q-dorilar omborida yuz bergan portlashlarda kamida to'qqiz kishi halok bo'ldi, 50 ga yaqin kishi jarohatlandi.

    Bu haqda chorshanba kuni Associated Press xabar berdi.

    Hukumat matbuot kotibi Abderaman Kulamallohning aytishicha, ayni paytda turli og'irlikdagi jarohatlar bilan kasalxonaga 46 kishi yotqizilgan.

    Prezident Mahamat Debi Itno halok bo'lganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirdi va jarohatlanganlarning tezroq sog'ayib ketishini tiladi.

    Portlashlar seshanbaga o'tar kechasi boshlandi va yarim soatdan ko'proq vaqt davom etgan, shundan so'ng yong'in sodir bo'lgan.

    Portlashlar sabablari aniqlanmoqda. Rasmiylar aholidan voqea joyidan uzoqroq turishni so'radi, deb xabar beradi report.az.