Qoʻmita oʻz vakolatlari doirasida ichki bozorda isteʼmol tovarlarining narxlarini tahlil qilish hamda savdo faoliyatida raqobatni taʼminlash yuzasidan respublikamizning 8 ta yirik chakana savdo tarmoqlari vakillari bilan amaliy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarni narxlariga taʼsir etuvchi omillarni aniqlash va ularni barqarorlashtirish choralari boʻyicha masalalar, shuningdek, chakana savdo tarmoqlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan bogʻliq tizimli muammolar muhokama qilindi.
Shuningdek, Raqobat qoʻmitasi tomonidan Yangi yil bayrami arafasida keskin talab oshadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash boʻyicha chakana savdo tarmoqlariga (“Korzinka”, “Makro”, “Havas”, “Baraka”, “Magnum”, “Assorti”, “B1” va “Magnit”) yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni oʻzgartirishi, logistika xarajatlari va boshqa narxning oshishiga olib kelishi mumkin boʻlgan omillar toʻgʻrisida Qoʻmitani tezkor xabardor qilib borish, hamda yetkazib beruvchilarni asossiz narxlarni oshirishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan ogohlantirib borishlari boʻyicha koʻrsatmalar yuborildi.