Patologiya byurosi xodimlari tomonidan chaqaloqning koʻkrak qafasida anotomik kesma kesgan vaqtida chaqaloqda hayotiy belgilar aniqlangan boʻlsada, unga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilmasdan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi perinatal markazi shifokorlari chaqirilib, chaqaloq qaytarib berib yuborilgan.
Natijada, chaqaloq oʻz vaqtida zarur tibbiy yordam koʻrsatilmaganligi oqibatida vafot etgan. Ushbu holati yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan 06.04.2021-yili Oʻzbekiston Respublikasi JKning 116-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishining dastlabki tergov harakatlari davomida tayinlangan komissiyaviy sud-tibbiyot ekspertizasining 26.10.2021-yildagi xulosasida fuqaro N.Yu.ning chaqalogʻi oʻlimiga amaldagi standartlarga muvofiq reanimatsion yordam-oʻpkaning sunʼiy ventilyatsiyasi, surfaktant va lozim darajada qarov oʻtkazilmaganligi hamda patologo-anatomik tadqiqot maqsadida tirik chaqaloqda oʻtkazilgan anotomik kesma-jarohat sabab boʻlganligi, standartlarga muvofiq davo muolajalari oʻtkazilgan takdirda chaqaloq hayotini saqlab qolish imkoni bulganligi koʻrsatib oʻtilgan.
Yuqoridagi xolat yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy perinatal markazi chaqaloqlarning reanimatsiya boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan A.D., Qoraqalpogʻiston Respublikasi perinatal markazi neonatolog shifokori boʻlib ishlagan S.R. va Qoraqalpogʻiston Respublikasi patologiya-anatomiya byurosi patologiya-anatom shifokori K.G.lar Oʻzbekiston Respublikasi JKning 116-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilingan.
04.12.2021-yilda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari tamomlanib, ayblanuvchilarga eʼlon qilingan va shu kuni jinoyat ishi hujjatlari ayblanuvchilarga tanishib chiqish uchun taqdim etilgan va jinoyat ishlar boʻyicha Nukus shahar sudiga Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 388-moddasiga muvofiq mazmunan koʻrib chiqish uchun yuborilgan.
Hozirgi vaqtda jinoyat ishlari boʻyicha Nukus shahar sudi tomonidan mazkur holat koʻrib chiqilmoqda.