Charm, gilam va pillachilik sanoatida hal qilinishi lozim boʻlgan muammolar bor — Prezident

    Prezident raisligida mahalliy sanoat tarmogʻidagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

    Hozirda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari bilan birga tez fursatda mahallada yuzlab ish oʻrni va eksportbop mahsulot yaratadigan, yuqori daromad keltiradigan kichik va oʻrta korxonalar kerakligi taʼkidlandi.

    Bu borada eng katta zaxira mahalliy sanoat tarmoqlari hisoblanadi. Shu munosabat bilan uchta muhim soha – charm, gilam va pillachilik sanoatida hal qilinishi lozim boʻlgan muammolar bor.