Charm mahsulotlarimiz xalqaro koʻrgazmada munosib baholandi

    Biznes 7 Sentabr 2023 1130

    Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida “Fashion Style Russia” 3- xalqaro yengil sanoat koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi.

    Unda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo 10 dan ortiq korxonalar 100 ga yaqin yangi turdagi mahsulotlar namunalarini namoyishga qoʻygan.

    Mazkur koʻrgazmada mamlakatimiz korxonalari Rossiya bozori talabini yaxshiroq oʻrganish, kelgusi yilda ushbu bozorda dolzarb boʻladigan tendensiyalar bilan tanishish uchun yana bir imkoniyatga ega boʻldi.

    Koʻrgazmaning dastlabki kunida koʻplab rus korxonalari tomonidan qorakoʻl mahsulotlariga, bolalar va ayollar poyabzaliga qiziqish bildirildi. Yana bir ahamiyatli jihati esa aksariyat Rossiya kompaniyalari Oʻzbekiston korxonalari bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan mahsulotlarini namoyishga qoʻygan.

    Jumladan, Rossiyaning “Krasnaya Vetka” korxonasi Qoʻqondagi korxona bilan birga ishlab chiqarayotgan bolalar va ayollarga moʻljallangan sport poyabzallari bilan ishtirok etyapti. Rus tadbirkorining soʻzlariga koʻra kelgusi yildan barcha ishlab chiqarish jarayonlari Oʻzbekistonga koʻchirilar ekan.

    “Karavan-K” korxonasi ham oʻtgan yilda mamlakatimizda qoʻshma korxona ochib, charm mahsulotlarini ishlab chiqarishni boshlagan edi. Oradan qisqa vaqt oʻtib, Oʻzbekiston xom ashyosidan yaratilgan tayyor charm xalqaro koʻrgazmada namoyish etilyapti. Korxona ushbu davr oraligʻida eksportni ham yoʻlga qoʻyib ulgurgan, deb xabar beradi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.

    Koʻrgazma 8-sentyabrgaqadardavometadi.