“CHarter reyslarni kutayapsizmi?”

    Voqea-hodisalar 12 May 2020 1694

    Rossiyada o'zbeklar o'rtasida so'rovnoma o'tkazildi

    Rossiyada mehnat qilayotgan o'zbekistonliklarning 50 foizi O'zbekistonga qaytishga tayyorligini bildirgan. Bu haqda Moskvadagi yurist Zarnigor Omonillaeva muhojirlar orasida o'tkazgan so'rovnomasi natijalariga asoslanib xabar bermoqda.

    Migrantlar muammolari bilan shug'ullanuvchi mutaxassis o'zining «TAYANCH - TAYANCH» Telegramm kanalida “CHarter reyslarni kutayapsizmi?” savoli ostida so'rovnoma e'lon qilgan.

    300 ga yaqin Rossiyadagi muhojirlar ishtirok etgan mazkur so'rovnomada 50 foiz qatnashchi: “Ha, uyga nima qilib bo'lsa ham ketishim kerak”, degan javobni belgilashgan.

    25 foiz o'zbekistonliklar Rossiyada ishi yaxshiligi va uyiga ketish rejasi yo'qligini bildirgan, 25 foizi esa ketish-ketmaslikning farqi yo'qligini qayd etgan.