Chavandozlar va ov turizmi festivali boʻlib oʻtadi

    29-sentyabr kuni Fargʻona viloyatining Quvasoy shahridagi “Vodiy tulporlari” majmuasida Chavandozlar va ov turizmi festivali boʻlib oʻtadi.

    Festival davomida zotdor otlar tomonidan polo, konkur, yerdan tanga olish va boshqa namoyishlar, ot ustida kurash hamda qush ovlash tadbirlari boʻlib oʻtadi.

    Chavandozlar va ov turizmi festivali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ilovasi bilan Qoʻqon shahrining “Turkiy dunyoning turizm poytaxti” maqomini olganligi munosabati bilan joriy yilda viloyatda oʻtkazilishi belgilangan madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturiga kiritilgan.